O‘zbekiston | 10:44 / 12.11.2016
20927
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy tiklanish – milliy o‘zlikni anglash demakdir!

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning saylovoldi Dasturida belgilangan har bir maqsad va vazifaga mamlakatimiz milliy manfaatlari hamda xalqimizning o‘lmas qadriyatlaridan kelib chiqib yondashilgan. Dasturda mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida jamiyatimizning ma'naviy-axloqiy asoslari ustuvorligini qaror toptirish, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarixiy, madaniy va intellektual merosimiz, qadriyat va an'analarimizni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, yosh avlodni milliy tiklanish g‘oyasiga, qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilangan aniq chora-tadbirlar bugungi globallashuv davrida muhim ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, biz hech kimdan kam bo‘lmaydigan yurt qurish, jamiyat barpo etishdek oldimizga ulkan maqsad qo‘ygan ekanmiz, demokratik siyosiy tizimni yanada mustahkamlashda, jamiyatimizda xilma-xil qarashlar shakllanishida, erkin va adolatli demokratik saylov jarayonlarida barchamiz faol ishtirok etamiz. Bu aziz Vatan barchamizniki, uning gullab yashnashi, yanada ravnaq topishi orqali farovon hayot uchun intilib yashaymiz.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovga ovoz berishga chaqiradi.

Reklama huquqi asosida.
 

Mavzuga oid