TIMIda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2016 yilning 12 noyabr kunida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Shukurov Elbek Habibullayevich bilan institutda tahsil oluvchi talaba yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda deputat yoshlar bilan ochiq oydin tengdosh-tengdoshga shiori ostida “Yoshlar va bugun” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida deputat Elbek Shukurov mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor jahonda yuz berayotgan turli notinchliklar va kelishmovchiliklardan xulosa chiqargan holda hech qayerga va hech qaysi yo‘lga og‘ishmasdan, o‘z milliy tanlab olgan yo‘limizdan davom etishimiz hamda mamlakatimiz istiqboli yo‘lida o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shishimiz borasida takidlab o‘tdi.
Shu o‘rinda deputat 2016 yilning 14 sentabrida qabul qilingan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunga ham to‘xtalib o‘tib, bu borada yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, ularning 12 yillik bepul ta'lim olishlari va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yana bir qator yo‘nalishlarda davlat muhofazasiga olinganliklari bo‘yicha misollar aytib o‘tdi.
O‘zbekistonda yoshlarga va ularning bevosita kelajagi hamda taqdiriga bog‘liq bo‘lgan 23ta qonun, 29ta prezident qaror va farmonlar, Vazirlar Mahkamasining 41ta qarori hamda 1997 yilda qabul qilingan eng muhim qonunlar bo‘lmish “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” chin manoda yoshlarning kelajagi davlat siyosati darajasida ekanini isbotlashi ta'kidlab o‘tildi.
Davra suhbati so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga duputatdan javoblar olishdi hamda o‘zlarining talab va takliflarini bildirishdi.
Mavzuga oid
19:23 / 24.12.2024
Deputat Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga "deputat so‘rovi" yubordi
11:30 / 22.06.2024
Deputat va senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari ko‘paymoqda
13:23 / 09.04.2024
Deputatlar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunni qabul qildi
17:20 / 11.06.2022