Light | 11:23 / 14.11.2016
60071
7 daqiqa o‘qiladi

O‘ylantiruvchi, quvontiruvchi, yig‘latuvchi eng qiziqarli va sara maqolalar

Kunlar o‘taveradi, ular oylarga qo‘shilib, yillarni shakllantiradi. Yillar ham Oliy vaqtga qo‘l berib, noma'lum bo‘shliqqa singib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Mana shu jarayonda kimdir bu hayot bilan vidolashdi, yana kimningdir hayotida yangi sahifa ochiladi, insoniyat hayotida o‘yga toldiruvchi ishlar bo‘lib o‘tadi.

 

Dubay hayotiga tovushdan tez harakatlanuvchi poyezdlar kirib kelmoqda

BAAning Dubay shahri transport departamenti va Amerikaning Hyperloop One kompaniyasi o‘zaro shartnoma imzoladi. Tovushdan tez, vakuumli Hyperloop ("Giperhalqa") poyezdi, nazariy jihatdan soatiga 1200 km tezlikkacha harakatlanishi mumkin. U barpo etilsa, Dubay shahridan BAA poytaxti Abu-Dabigacha bo‘lgan masofani 12 daqiqada ortda qoldirish mumkin.

>> Batafsil

 

Yana bir hayrat: ilonlarning birga ov qilishi

Foto: Gizmodo UK

“Yer sayyorasi 2” hujjatli filmi namoyish etilganining ertasi kuni filmdagi eng mashhur epizod taqdim etildi. Unda dengiz iguananing bolasi o‘nlab ilonlardan qochib ketishga uringani sahnasi aks etgan.

>> Batafsil

 

Qaynotasi to‘ydan oldingi va'dasini bajarmagani uchun kuyov oilasini buzmoqchi bo‘ldi

Foto: 1news.uz

“Qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va'da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto‘ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog‘i bor o‘zbek yigitining shu darajaga borishining o‘zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?”

>> Batafsil

 

Halok bo‘lgan meksikalik hakam

Internetda Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor jamoalar o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida o‘yin hakami Viktor Trexoning futbolchi tomonidan o‘ldirilishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

>> Batafsil

 

Auktsionda dunyoning eng qimmatbaho mashinasi

Foto: TALACREST / SWNS

1962 yilning noyob Ferrari 250 GTO mashinasi 45 mln funt sterling (56 mln dollar) narx bilan auksionga qo‘yildi.

>> Batafsil

 

50 ming xitoylik ijrosida sinxron raqs

Foto: Reuters

Xitoyning 14ta shahridan bo‘lgan pensionerlar mamlakat aholisi sog‘ligi va farovon turmush tarziga jamoatchilik e'tiborini qaratish uchun Chuntsin shahrida keng miqyosli tadbir o‘tkazdi. Bu aksiya shahar maydonlarida ommaviy sinxron raqsga tushish orqali tashkil etilgan.

>> Batafsil

 

Maktab direktorining butun dunyo ota-onalariga maktubi

Foto: Flickr

Singapurdagi maktab direktori o‘quvchilarning ota-onalariga butun internet foydalanuvchilarini o‘ylantirib qo‘ygan maktubni bitdi. Unda rahbar hattoki eng qaysar ota-onaning qalbiga yo‘l topa oluvchi juda muhim haqiqatlarni bayon qilgan.

>> Batafsil

 

AQShning eng mashhur 10 prezidenti

Foto: State-usa.ru

Amerika rahbarlari orasida eng yorqin va mashhur siymolari shuncha yillar o‘tishiga qaramay, nimasi bilan tarixda qoldi?

>> Batafsil

 

Xitoyda yetti yulduzli mehmonxona ish boshladi

Nazvaniye

Shanxayda shaharda birinchi yetti yulduzli mehmonxona ochildi. Wanda Reign on the Bund qurilishiga uch yil va 515 million dollar sarflandi.

>> Batafsil

 

Trampning g‘alabasidan nimalarni kutish mumkin?

Foto: AP

AQSh prezidentlik saylovlarida kim g‘olib bo‘lishiga  qarab, Independent Trader blogi muallifi mamlakatda qanday geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berishi va bozorlarga ta'siri haqida so‘z yuritdi.

>> Batafsil

 

Marhum shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi

Foto: AbdullaOripov.com

Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. 1958 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi.

>> Batafsil

 

Obama ham barchaga o‘xshash oddiy bir inson

Barak Obamaning suratkashi Pit Souza 8 yil davomida davlat rahbarining yonida bo‘lib, uning professional suratkashi sifatida xizmat qilmoqda. U Obamaning 2 million suratini yiqqanini aytgan.

>> Batafsil

 

O‘quvchilarning xotirasida bir umrga muhrlanib qolgan vazifa

Foto: Getty Images

Bir necha yil avval «Riderz Dayjyest» jurnalida bir ajoyib o‘qituvchi ayol haqida maqola paydo bo‘lgandi - uning kichik topshirig‘idan keyin o‘quvchilar o‘z kuchlariga ishona boshlashgan. Har qanday insonni ruhlantiruvchi dono saboqlarni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

>> Batafsil

 

Odam alayhissalomning suyaklari 

“Odam alayhissalomning jussalari judayam katta bo‘lgan. Antropologlar tomonidan Odam alayhissalomning suyaklari topilganmi yoki bu haqda biron bir ma'lumot mavjudmi?”.

>> Batafsil

 

Aytchi qizcha, sen bugun ovqatlandingmi?

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida yosh qizcha haqida joylashtirilgan videorolik barchani larzaga soldi. Unda hali balog‘atga yetmagan qizcha va videorolik muallifi o‘rtasida kechgan savol-javob o‘z aksini topgan.

>> Batafsil

 

Islomda kiyinish madaniyati

Foto: Reference.com

Yunusobod tumani bosh imom-xatibi, Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov islom dinidagi kiyinish madaniyati haqida maqola yozdi.

>> Batafsil

 

Korrupsiyasiz Finlyandiya

1. Finlar hashamatga qiziqmaydi. Hashamat — bu degeneratlar uchun o‘rta asr sharq "o‘yini". "Tilla hammom"da faqat degenerat cho‘milishi mumkin. 
2. Finlar xalqning boshqa vakillari hisobiga boyish - o‘z xalqiga bo‘lgan nafratdan dalolat berishini yaxshi bilishadi. 

>> Batafsil 

Mavzuga oid