Jahon | 00:13 / 15.11.2016
11996
1 daqiqa o‘qiladi

Meteorologlar 2016 yil eng issiq yil bo‘lishini prognoz qilmoqdalar

Foto: © AP

Jahon meteorologiya tashkiloti (BMTning meteorologiya sohasidagi ixtisoslashtirilgan hukumatlararo muassasa) 2016 yil ehtimol ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqdalar. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Marokashda bo‘lib o‘tayotgan iqlim bo‘yicha sammitda tashkilot global havo harorati sanoatlashish davrigacha bo‘lgan darajadan 1,2 foizga oshgani va o‘zining eng katta ko‘rsatkichini yangilagani haqida aytilgan hisobotni taqdim qildi.

Ta'kidlanishicha, haroratning 1,5 foizga o‘sishi o‘tgan yili Parijda tuzilgan iqlim bo‘yicha kelishuvda harorat oshishining yuqori chegarasi qilib belgilangan.

Shu tariqa, 2016 yil nafaqat eng issiq yil bo‘ladi, balki ketma-ket uchinchi yil maksimal ko‘rsatkich qayd qilinadi. Bu esa tarixdagi eng issiq 17 ta yildan 16 tasi 21-asrga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

 

Mavzuga oid