Jamiyat | 20:22 / 16.11.2016
7785
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh to‘qimachilik kompaniyasi Zara ustidan sudga shikoyat arizasi berdi

Foto: Getty Images

AQShning Nuance Industries to‘qimachilik kompaniyasi Zara brendini plagiatda (ko‘chirmakashlik) ayblab, uning ustidan sudga shikoyat arizasi berdi. Bu haqda FashionNetwork xabar bermoqda. Kompaniya vakillarining aytishicha, Zara brendi kolleksiyalaridan birida qo‘llangan print (tasvir) mualliflik huquqlarining buzilishi hisoblanadi.

Nuance Industries nafaqat ziyonni undirmoqchi, balki Zara ushbu tasvir bilan sotgan kiyim-kechakdan tushgan daromadni ham olmoqchi.

Zara ispan kiyim-kechak markasi bo‘lib, Inditex xoldingi tarkibiga kiradi.

Ispan markasi birinchi marta plagiatda ayblanmayapti. 2016 yil iyulida kaliforniyalik rassom Tyusdey Bessen Zara’ni o‘zining dizayn elementlaridan foydalanganlikda ayblagandi.

"Men bu haqda uzoq vaqt indamadim. @zara butun o‘tgan yil mening suratlarimdan ko‘chirmakashlik qildi. Mening advokatim Zara bilan bog‘langanda, u yerda dangalchasiga menda hech qanday imkoniyat yo‘qligini, chunki men mustaqil rassom, ular esa katta korporatsiya ekanligi aytilgan", deb yozgan Bessen instagramda. 

 

Mavzuga oid