Sport | 15:38 / 16.11.2016
6419
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya Janubiy Amerika miqyosida yangi rekord o‘rnatdi

Foto: AFP

JCh-2018 saralashining KONMeBOL mintaqasi 12-turidan uchrashuvda Braziliya terma jamoasi mehmonda Peruni mag‘lubiyatga (2:0) uchratib qaytdi.

Bungacha Tite boshchiligidagi jamoa Ekvador (3:0), Kolumbiya (2:1), Boliviya (5:0), Venesuela (2:0) va Argentina (3:0) terma jamoalaridan ustun kelgandi. 

Natijada, braziliyaliklar Janubiy Amerika mintaqasida bitta saralash musobaqasida ketma-ket 6ta uchrashuvda g‘alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi. Hozircha Tite jamoaga kelgandan buyon umuman ochko yo‘qotgani yo‘q.

Mavzuga oid