Hindistonda valyuta ayirboshlash 30 dollar bilan cheklab qo‘yildi
Hindiston hukumati yirik banknotalarni muomaladan chiqarib tashlash haqidagi qaroridan keyin valyuta ayirboshlash qoidalarini kuchaytirdi. Bundan buyon bir kishi bir vaqtning o‘zida faqat 2 ming rupiygina (taxminan 30 dollar) almashtira oladi, avvallari esa bu ko‘rsatkich 4 ming rupiydan iborat bo‘lgan. Bu haqida VVS nashri xabar berdi.
O‘tgan haftada Hindiston bosh vaziri ko‘pchilik uchun kutilmaganda korrupsiya bilan kurashish chora-tadbirlari doirasida 500 (7 dollar) va 1000 rupiy nominalli banknotalarni muomaladan chiqarib tashlash qarori haqida ma'lum qilgandi. 500 va 1000 rupiylik banknotalar mamlakatda naqd pul aylanmasining 85 foizini tashkil qiladi.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda "qora pullar" bozori katta. Gap noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul vositalari yoki organlardan yashirilgan soliqlar haqida ketmoqda. Hukumat eng ko‘p qo‘llanadigan banknotalarni topshirishga majbur qilib, bozor brokerlarini "suv yuzasiga olib chiqmoqchi".
Biroq bu qadam Hindistonning kichik daromad oluvchi aholisi, shuningdek naqd pul bilan ishlashga o‘rgangan chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilarni qiyin ahvolda qoldirdi.
Hukumat qarori odamlarni vahimaga solib qo‘ydi: ular bankomatlarda naqd pullarni yechishga shoshilishdi. Natijada hukumat vakillari naqd pul yechishga cheklov joriy qilishiga to‘g‘ri keldi. Hindiston aholisiga bir kunda 10 ming, bir haftada esa 24 ming rupiydan (350 dollar) ko‘p bo‘lmagan pulni naqdlashga ruxsat etildi.
Faqat fermerlar va yosh kelin-kuyovlargagina bundan mustasno. To‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan oilalarga bittada 250 ming rupiy yechishga ijozat berilgan.
Mavzuga oid
19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024