Rossiyalik olimlar ko‘mirdan tilla olishdi
Rossiyaning priamurelik mutaxassislari ko‘mirdan oltin olishni o‘rganishdi, deb xabar qilmoqda RFA Uzoq sharq bo‘limi. Ma'lum bo‘lishicha, bir tonna ko‘mir yoqilgach, bir gramm tilla olish mumkin.
Gap shundaki, Amur ilmiy markazi olimlari 15 yil mobaynida ushbu yoqilg‘ining tarkibini o‘rganishgan va Yerkovets ko‘mir havzasida qazib olingan bir tonna ko‘mir tarkibida bir gramm oltin borligini aniqlashgan. Har yili millionlab rubl mablag‘ni havoga sovurmaslik maqsadida, qimmatbaho metallni chiqindilardan ajratib olish usulini topish lozim edi.
Olimlar issiqlik elektrstansiyalari mo‘rilariga o‘rnatilgan filtrlarga zararli chiqindilar singari foydalilari ham o‘rnashib qolishini aniqlashdi. Bu chiqindilardan oltinni ajratib olish tizimi ko‘rinishidan bir nechta quvurlarga ega pechkaga o‘xshaydi. U ko‘mir yonishidan chiqqan tutunni yuz marta tozalash imkonini beradi.
Dastlab, aralashmalar suvda yuvilib, loyqa maxsus filtrdan o‘tkaziladi. So‘ngra, oltinga ega konsentrat affinajga yuboriladi.
Tizim bir tonna ko‘mir chiqindisidan 0,5 gramm tilla olishga imkon bergan taqdirda ham qo‘shimcha 1500 rubl daromad ko‘rish mumkin, deb hisoblaydi «Kompleksnyye innovatsionnyye texnologii Amurskogo nauchnogo sentra» MChJ bosh direktori Oleg Ageyev.
Loyihani amalga oshirishga bel bog‘lagan olimlar Skolkovoda sanoat qurilmasini joylashtirish uchun 1,5 mln rubllik grant mablag‘i olishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34
Rossiyada migrantlarning ish joyini o‘zgartirishni taqiqlash taklif etilmoqda
17:38