O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasiga oid to‘qqiz oylik natijalar e'lon qilindi
2016 yilning yanvar-sentabr oylarida jami bozor xizmatlari hajmi 65 046,6 mlrd so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Hisobot davrida quyidagi xizmat turlari bo‘yicha yuqori o‘sish sur'atlariga erishilgan: moliyaviy xizmatlar - 119,4 foizga; ijara xizmatlari - 117,5 foizga; ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar - 116,3 foizga; sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar - 116,2 foizga; kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar - 114,6 foizga; savdo xizmatlari - 114,4 foizga; aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 113,8 foizga oshgan.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush transport xizmatlariga – jami xizmatlarning 29,2 foizi; savdo xizmatlariga – 28,6 foizi; moliyaviy xizmatlarga - 10,8 foizi; aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga - 6,9 foizi; ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarga - 3,7 foizi; ta'lim xizmatlariga - 3,6 foizi to‘g‘ri kelgani qayd etilgan.
Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur'atlarga Jizzax (118,7 foiz), Andijon (117,2 foiz), Surxondaryo (116,4 foiz), Qashqadaryo (116,3 foiz), Toshkent (116,3 foiz), Namangan (116,2 foiz) viloyatlarida erishilgan.
2016 yilning yanvar-sentabr oylarida kapitallashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirishdan iborat bo‘lgan moliya va sug‘urta faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy elektron to‘lov texnologiyalarining joriy qilinishi bilan hududiy tarmoqlarning kengaytirilishi natijasida moliyaviy xizmatlar hajmi 7031,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,4 foizga o‘sgan. Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 10,8 foizni tashkil qilmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning oshishiga sug‘urtalash va nafaqa ta`minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar (jami moliyaviy xizmatlar hajmining 91,3 foizi), shuningdek sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar (jami moliyaviy xizmatlar hajmining 6,4 foizi) salmoqli ta'sir ko‘rsatgani ta'kidlangan.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024