Snouden Trampning shunchaki prezident ekanligini aytdi
Amerika maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snouden yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Trampning qadrini pasaytirib, uning "shunchaki prezident" ekanligini aytdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
"Donald Tramp - shunchaki prezident. Bu muhim pozitsiya. Biroq u ko‘pchilikdan biri", - deya keltiradi agentlik Snoudenning so‘zlarini. U Stokgolmda bo‘lib o‘tgan konferensiyada onlayn ishtiroki chog‘ida shunday fikr bildirdi.
Snouden Tramp ma'muriyatining uni qo‘lga olish harakatlaridan xavotirda emasligini qo‘shimcha qildi. "Menga baribir. Haqiqat shundaki, Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) yangi rahbar tayinladi, u esa mendan "dissidentlarni qanday yo‘q qilish kerak - qarang" deyish uchun misol sifatida foydalanadi. Biroq meni avtobus yoki dron urib yuborsa, yoki ertaga vertolyotdan qulab tushsam-chi, bilasizmi nima? Bu aslida men uchun u qadar ahamiyatga ega emas, chunki men qabul qilgan qarorlarimga ishonaman", - dedi Snouden.
Edvard Snouden 2013 yilda AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining internetdagi kuzatuv dasturlariga doir bir qator maxfiy materiallarni Washington Post va Guardian gazetalariga yetkazgan. U Hongkongga parvoz qilgan, u yerdan esa - Moskvaga. Shundan so‘ng Amerika hukumati uning pasportini bekor qilgan. Bu Snoudenga yuridik jihatdan Rossiyani tark etishga yo‘l qo‘ymasdi.
Keyinchalik Moskva AQShga qarshi o‘z faoliyatini to‘xtatish sharti bilan uni vaqtinchalik boshpana bilan ta'minladi. 2014 yilning 1 avgustida Snouden uch yillik propiskaga ega bo‘ldi, bu unga nafaqat Rossiya, balki undan tashqarida ham sayohat qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
22:47
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34