Fan-texnika | 18:51 / 23.11.2016
5895
2 daqiqa o‘qiladi

GoPro kompaniyasi poyga mashinasi bilan bajarilgan antiqa tryukni namoyish qildi

Foto: motor.ru

Ekshn-kamer ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi GoPro kompaniyasi GoPro Awards seriyasidan yangi videoni chop etdi. Videoda dregster (dreg poygachisi) bernauti namoyish qilingan. Video muallifi pul mukofoti olgan.

Bernaut dreg poygalar oldidan pokrishkalarning yo‘l bilan yaxshiroq ilashishi va mashinani barqarorroq boshqarish uchun qo‘llanadigan usul. Bunda mashina bir joyda turganda pokrishkalari aylantiriladi va ularning asfaltga ishqalanishi oqibatida pokrishka rezinasi tutun hosil bo‘lgancha qiziydi. 

GoPro Awards tanlovida istalgan odam ishtirok etishi mumkin. Bunda birgina shart shuki, GoPro kamerasidan foydalanish talab etiladi. Kompaniya maxsus internet-sahifada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilardan foto va videomateriallar qabul qiladi, so‘ngra kompaniya xodimlari ulardan eng qiziqlarini tanlab olishadi.

Kompaniya eng yaxshi ishlarni o‘zining internetdagi sahifalari orqali ilgari suradi va ularning mualliflarini pul bilan mukofotlaydi.

Alangalanish bilan kechgan bernaut videosini Deyv Nelson tasvirga olgan. U alangalanuvchi qorishma sifatida benzindan foydalangan. Mashinaning g‘ildiraklari oldindan benzinga ho‘llab olingan. Suratga olish Buyuk Britaniyadagi Santa Pod Raceway avtodromida bo‘lib o‘tgan, xavfsizlikni ta'minlash uchun voqea joyida o‘t o‘chirish brigadasi bo‘lgan. 

Nelsonning ma'lum qilishicha, u bu tryukni oltinchi marotaba bajarmoqda. Mashinaning bunda talofat ko‘rgan yagona qismi tormoz parashyuti bo‘lgan. Yaqin orada Nelson yonayotgan g‘ildiraklar bilan bernautni tungi payt suratga olmoqchi.

 

Mavzuga oid