Fan-texnika | 23:04 / 27.11.2016
9422
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi LG G6 smartfonining ba'zi jihatlari oshkor bo‘ldi

Foto: imhophone.ru

LG kompaniyasi 2017 yilda yangi LG G6 smartfonini sotuvga chiqaradi. Korea Herald nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda qurilmaning ba'zi muhim ko‘rsatkichlarini ma'lum qildi. 

LG G6 ko‘z rangdor pardasi skaneri bilan jihozlanadi. Bu datchik foydalanuvchini ishonchli identifikatsiya qilish uchun ishlatiladi. U kontaktsiz bo‘lgani sababli, LG G6’ni blokdan chiqarib, to‘lovlarni amalga oshirish barmoq izi skaneri qo‘llagandan qulayroq bo‘ladi.

Bu smartfonni ingichkaroq qilish, korpusdagi joyni tejashga imkon beradi va akkumulyator hamda boshqa komponentlarni o‘rnatish uchun qo‘shimcha joy beradi.

LG G6 batareyasi yegiluvchan bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma mobil to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi, unda Samsung Pay kabi texnologiya qo‘llanadi. 

 

Mavzuga oid