Fan-texnika | 18:33 / 01.12.2016
12275
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi KIA Nyurburgringda soatiga 244 km tezlikda harakatlandi

Koreyaning KIA  kompaniyasi yangi modeliga tegishli videotizerni namoyish etdi. U kelasi yilning yanvar oyida Detroyt salonida rasman taqdim etiladi. YouTube kanaliga joylashtirilgan lavhada yangi mashina Nyurburgringda harakatlanayotgani, lahzalardan birida uning tezligi soatiga 244 kmni tashkil etganini ko‘rish mumkin. 

Hozircha boshqa hech qanday tafsilotlar berilmagan. Autocar nashrining yozishicha, 2017 yil boshida Koreya avtosanoati vakili orqa g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan modelni taqdim etishi kutilayapti. U to‘rt silindr, 320 ot kuchiga ega benzinli turbomotor bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, unga 200 ot kuchiga ega dizel motor o‘rnatilishi ham mumkin. 

Xabarlarga ko‘ra, yangi model KIA mahsulotlari orasida Optima sedanidan yuqoriroq turadi va Audi A4, BMW 3-Series va Mercedes-Benz C-Class modellari bilan birga xaridorlar uchun kurashadi. 

Mavzuga oid