Sport | 07:49 / 01.12.2016
7345
1 daqiqa o‘qiladi

Karyakin shaxmat toji uchun uchrashuvdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Foto: Reuters

Rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.

"Rostini aytsam, men bugun yaxshi o‘ynay olmadim. Barcha partiyalarda yomonroq ko‘rindim. Klassik shaxmatdan keyin tezkor shaxmat o‘ynash og‘ir bo‘ldi.

Umuman olganda, barchasi uncha yomon bo‘lmadi. Umid qilamanki, men nomzodlar musobaqasi orqali yana shaxmat toji uchun kurashish huquqini olaman", deb intervyu berdi Karyakin tay-breykdan so‘ng Norvegiya televideniyesiga. 

Tay-breyk amaldagi jahon chempioni Karlsenning g‘alabasi bilan yakunlandi va u chempionlik unvonini o‘zida saqlab qoldi

4 ta partiyadan iborat tezkor shaxmatdan keyin umumiy hisob 9-7 bo‘ldi. Tay-breyk 4,5 soatdan ko‘proq davom etdi.

 

Mavzuga oid