Jahon | 18:14 / 01.12.2016
8977
1 daqiqa o‘qiladi

Mumbayda 2ta samolyot to‘qnashib ketdi

Mumbay xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida IndiGo aviakompaniyasining Airbus A-320 va Kuwait Airways aviakompaniyasining Airbus A-330 rusumli samolyotlari to‘qnashib ketdi. Bu haqda The Times Of India xabar tarqatgan.

Hindistonliklar kompaniyasining rasmiy bayonotida xabar qilinishicha, Kuwait Airways aviakompaniyasining avialayneri Mumbaydagi aeroport turargohiga tomon harakatlana turib, IndiGo aviakompaniyasining parvozga chog‘lanayotgan samolyotiga tegib ketgan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 6.00da sodir bo‘lgan.

MumbaiMirror nashrining IndiGo aviakompaniyasidagi manbaga asoslanib xabar berishicha,  hodisa haqida ekipaj vakillari yo‘lovchilarni xabardor qilib, tinchlantirishgan.

To‘qnashuv natijasida IndiGo samolyoti jiddiy shikastlangan. Uning bortidagi yo‘lovchilar boshqa samolyotga o‘tkazilgan.

Hodisa bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid