Jamiyat | 22:00 / 01.12.2016
7870
2 daqiqa o‘qiladi

Og‘ufurush qo‘lga olindi

Foto: © Getty Images

G‘ijduvonlik Olimjon Turobov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2015 yilning may oyida o‘zi yashab kelayotgan G‘ijduvon tumani “Firishkent” QFYdagi hovlisida giyohvand modda “Kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirganda, sotib, daromad ko‘rishni ko‘zlagan edi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Eski tanishi Anzor Po‘latov qo‘ng‘iroq qilganida esa xaridor topilganidan xursand bo‘lib ketdi. Ular kelishilgan manzilda uchrashib, savdoni naqd qilishdi.

Olimjon Turobov huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida jinoiy sherigi Anzor Po‘latov bilan 3 dona gugurt qutisiga alohida qadoqlab solingan, sof vazni 8 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, xonadonida 0,15 grammga teng bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi ham aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Olimjon Turobov va Anzor Po‘latov qonun oldida javob berdilar.

Mavzuga oid