O‘zbekiston | 09:12 / 04.12.2016
13484
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xatamjon Ketmonov Prezident saylovida ovoz berdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Xatamjon Ketmonov  4 dekabr kuni ovoz berish uchun Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 282-saylov uchastkasiga keldi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bergan.

Xatamjon Ketmonov saylov uchastkasiga o‘z rafiqasi bilan tashrif buyurgan. U saylov komissiyasi a'zolari, saylovchilar va kuzatuvchilar bilan suhbatlashgan.

Nomzod saylov uchastkalariga yuzida quvonch bilan tashrif buyurayotgan kishilarni ko‘rishdan mamnun ekanini qayd etib o‘tgan.

Bu saylov uchastkasida 2978 kishi ro‘yxatga olingan. Ayni paytga kelib davomat 900 kishini tashkil qilmoqda.

Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekistonda mamlakat prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov o‘z nomzodini qo‘ygan.

Mavzuga oid