Jamiyat | 12:14 / 06.12.2016
7700
2 daqiqa o‘qiladi

Global isish dunyo okeanida o‘lik zonalarning kengayishiga olib kelmoqda

Foto: SDU

Hind okeanining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Bengal ko‘rfazida olimlar o‘lik zona — kislorodga to‘yinmagan ulkan hajmdagi suvni topishdi. Tadqiqot haqida Nature Geoscience jurnalida ma'lum qilingan.

Olimlar tomonidan aniqlangan o‘lik zona maydoni 60 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Joylashuv chuqurligi — 100-400 metrgacha. U yerlarda kislorod okean yuzasiga nisbatan taxminan o‘n karra kam.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, global isish dunyo okeanida o‘lik zonalarning kengayishiga olib kelmoqda. Bengal ko‘rfazi qirg‘oqlarida aholining zich joylashgani hisobga olinsa, bu o‘lik zonalarning kengayish sur'atini tezlashtiradi, chunki  suvga qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan o‘g‘itlardan ko‘p azot kelib tushadi. 

Xuddi shunday o‘lik zonalar bundan avval Shimoliy va Janubiy Amerika, Namibiyaning g‘arbiy qirg‘oqlari hamda Hindistonning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi Arabiston dengizida topilgandi. Bu suvlarda hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan elementlardan biri - azotni o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar deyarli yo‘q.
 

Mavzuga oid