Jamiyat | 14:14 / 06.12.2016
6348
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston prezidentining samolyoti ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Foto: India.com

Hindiston harbiy havo kuchlarining samolyoti o‘z bortida mamlakat prezidenti Pranab Kumar Mukerji bilan Dehli aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga parvoz vaqtidagi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. India nashri shu haqida xabar berdi. 

Manbada aynan qanday nosozlik kelib chiqqanligiga to‘xtalib o‘tilmagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, prezident boshqa samolyotga o‘tirib, Chennaiga uchib ketadi. U yerda kuni kecha shtat vaziri Jayaram Jayalalit hayotdan ko‘z yumgan.

Prezidentning boshqa samolyotga o‘tirish jarayoniga taxminan 40 daqiqa ketadi. 

 

Mavzuga oid