Fan-texnika | 12:00 / 07.12.2016
6411
2 daqiqa o‘qiladi

«Odnoklassniki»da guruh ma'murlariga pul o‘tkazish mumkin bo‘ldi

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i guruh ma'murlariga pul o‘tkazish tizimini ishga tushirdi. Bu haqda tarmoq vakillariga tayangan holda www.vc.ru sayti xabar qilmoqda. 

Shunday qilib, tarmoq foydalanuvchilari o‘zi a'zo bo‘lgan guruh xizmati uchun haq to‘lashi, guruhni rivojlantirishga hissa qo‘shishi yoki hayr-ehson qilishi mumkin. Pul o‘tkazish tugmasi guruh timsoli pastida joylashgan. 

Dastavval, guruh ma'muri bank kartochkasi raqamini elektron jamiyat sozlanmasiga kiritishi talab etiladi. 

Har bir pul o‘tkazmasi uchun foydalanuvchidan komissiya olinadi. Uning miqdori bank, mablag‘ hajmi va to‘lov tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, Visa kartasidan 100 dan 1 ming rublgacha 35 rubl xizmat haqi olinadi. 1 mingdan 5 minggacha bu raqam 50 rublni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, birinchi bosqichda «Odnoklassniki» MasterCard va Maestro kartalaridan o‘tkazilgan pul o‘tkazmalaridan haq olmasligi belgilangan. 

Foydalanuvchilar esa bir kunda ko‘pi bilan 100 ming rubl, bir oyda 500 ming rubldan ortiq mablag‘ni o‘tkaza olmaydi. To‘lovlarni qayta ishlash amaliyotini  «VTB24» banki bajaradi. 

2016 yil sentabr oyida «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i ham shu kabi to‘lovni joriy qilgan edi. U ham «Odnoklassniki» kabi Mail.Ru Group kompaniyasiga tegishli. 
 

Mavzuga oid