Sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri boshqa ishga o‘tgani ma'lum qilindi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining endilikda sobiq rahbari Anvar Valiyevich Alimov boshqa ishga o‘tgan. Vazirlikdagi manbaning Kun.uz nashriga ma'lum qilishicha, u Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlangan.
1955 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Anvar Alimov 1999-2009 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, 2009-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U 2012 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlayotgandi.
Bundan oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:07 / 06.12.2024
Anvar Alimov yangi lavozimga tayinlandi
09:40 / 11.08.2022
O‘zbekistonda yod tanqisligi tarqalish darajasi necha foiz ekani ma’lum qilindi
12:00 / 27.01.2022
Qandli diabetga chalingan bemorlarga davlat tomonidan glyukometr va qator dorilar bepul beriladi
19:02 / 10.12.2021