Jamiyat | 08:51 / 15.12.2016
36624
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik 71 yoshli erkak 150 ta bo‘ri bilan birga yashamoqda

Xitoyning Sanji Xeyzu avtonom viloyatida 150 dan ortiq bo‘rini boquvchi keksa yoshli kishi istiqomat qiladi. Bu haqda «Kazinform» xabar tarqatdi.

Viloyatning Jyemsara tumanida “Bo‘ri darasi” nomli joy bor. U yerda esa bo‘rilarni ko‘paytirish bilan mashg‘ul 71 yoshli erkak yashaydi.

Yan Shan ismli erkak bu yerda sakkiz turdagi 150 dan ortiq bo‘rini boqadi. U o‘z jonivorlari bilan har bir kunni quvnoq o‘tkazishga harakat qiladi.

Yirtqich jonivorni yaxshi ko‘ruvchi erkakning so‘zlariga ko‘ra, bu yirtqichni ilk bor do‘stining uyi yonida ko‘rib qolgan. U zanjirlangan bo‘ri bolasiga rahmi kelib, jonivorni uyiga olib kelgan

Uning xavfli yirtqichlarga bo‘lgan o‘zgacha muhabbati aynan o‘shanda paydo bo‘ldi. Avvaliga bu ishga erkakning yaqinlari qarshi chiqishgan, biroq hech kim uni to‘xtata olmadi.

Bugungi kunda esa u darani ijaraga olib, u yerda bo‘ri ko‘paytiradigan joy tashkil qilgan.

Yan Shanning so‘zlariga ko‘ra, bir yilda bu joy uchun taxminan 100 ming yuan sarflaydi. Keksa insonning xususiy biznesi bunda yordam berar ekan.

“Yovvoyi jonivorlar har doim kishilarning mehrini tushunishadi va ularga javob qaytarishadi. Bo‘rilar insonga bo‘lgan muhabbatini – uning oyoqlari atrofida aylanib, biroz tishlab bildirishadi”, - deya ta'kidlaydi Yan Shan.


 

Mavzuga oid