Jahon | 12:30 / 17.12.2016
19040
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Erjiyes Universiteti oldida portlash sodir etildi

Turkiya markazida joylashgan Kaysari shahrida kuchli portlash amalga oshirilgan. Xabarlarga ko‘ra, Erjiyes universiteti kampusining tashqi kirish qismi yaqinida, mahalliy vaqt bilan ertalab 8:45lar atrofida jamoat avtobusida portlash ro‘y bergan. Hodisada jabrlanganlar va halok bo‘lganlar borligi aytilmoqda, deya yozmoqda Haberler.com sayti. Avtobusda dam olishdagi harbiylar bo‘lgan. 

Turkiyaning Dogan yangiliklar agentligiga ko‘ra, portlashga avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi modda sabab bo‘lgan. Ushbu voqea Istanbulda kurd isyonchilari tomonidan sodir etilgan va 44 kishining umriga zomin bo‘lgan terrorchilikdan bir hafta o‘tgach amalga oshirilmoqda. 

Fojia joyidan olingan tasvirlarda portlash kuchidan avtobusga jiddiy talofat yetganini ko‘rish mumkin. 

2016 yilda Turkiya kurd isyonchilari va terrorchilar tomonidan sodir etilgan ko‘plab qo‘poruvchiliklar nishoni bo‘ldi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Mavzuga oid