Fan-texnika | 00:43 / 19.12.2016
4348
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi Blackberry smartfonlari ishlab chiqarish huquqini sotib oldi

Foto: Getty Images

Blackberry kompaniyasi vakillari rasmiy bloglarida Xitoyning TCL texnologik kompaniyasi Blackberry smartfonlar brendi uchun huquqni sotib olganini ma'lum qilishgan.

TCL bilan bitimga erilishgandan keyin qurilma dizayni masalalarini hal qilish, smartfonlar ishlab chiqarish, ularning yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish va foydalanuvchilar uchun dasturlar yaratish huquqlari ham Xitoy kompaniyasiga o‘tgan. Shu tariqa TCL brend smartfonlarining global distribyutoriga aylandi. U Hindiston, Shri-Lanka, Nepal, Bangladesh va Indoneziiyadan tashqari, butun dunyo bo‘ylab Blackberry smartfonlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi yagona kompaniyaga aylandi. Blackberry dasturiy ta'minot va xavfsizlik xizmati ishlab chiqishni davom ettiradi.

2016 yil sentabrda Blackberry vakillari kompaniya smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatib, barcha e'tiborini dasturiy ta'minot yetkazib berishga qaratishini e'lon qilgandilar. 

 

Mavzuga oid