Kia yangi avlod Picanto ko‘rinishlarini namoyish etdi
Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi yangi avlod Picanto modeli haqida tasavvur uyg‘otuvchi suratlarni namoyish qildi. Uning taqdimoti 2017 yil boshida bo‘lib o‘tadi.
Avval taxmin qilinganidek, yangi «Pikanto» to‘rtinchi avlod Rio xetchbeki uslubida ishlab chiqiladi. Kompakt-kar «sportcha» tashqi ko‘rinishi, ensiz radiator qafasi, yangi optika va bamper, uzaytirilgan patrubok bilan ajralib turadi.
Picanto saloni ham yangi «Rio» uslubida. U ko‘pfunksiyali rul chambaragiga ega bo‘ladi, priborlar panelidagi «siferblat»lar o‘rtasida qo‘shimcha axborot ekrani o‘rnatiladi. Bundan tashqari, multimedia majmuasida katta sensorli displey paydo bo‘ladi.
Uning motorlar qatorini 1 litr hajmli, 3 silindrli kuchaytirilgan dvigatel hamda atmosferali agregatlar tashkil etadi.
Taxmin qilinishicha, yangi «Pikanto» hozirgisidan farqli ravishda besh eshikli kuzov bilan taklif etiladigan ko‘rinadi. Kompaniya uning uch eshikli namunasidan voz kechishi mumkin.
Mavzuga oid
17:00 / 12.12.2024
Kelajakka intilgan klassika: Kia K9 – nufuzli sedanlar segmentidagi flagman
19:00 / 22.11.2024
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024