Meksika pirotexnika bozoridagi portlash 30 mingdan ortiq insonni ishsiz qoldirdi
20 dekabr kuni sodir bo‘lgan portlash oqibatida Mexiko shtatidagi San-Pablito pirotexnika bozorining vayron bo‘lishi kamida 30 ming mahalliy aholi vakillarini ishsiz qoldirgan. Bu haqda, munitsipalitet rahbari Tultepek Armando Portuges Fuentes ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisadan ko‘rilgan moddiy zarar 35 mln peso (1,7 mln dollar)dan ortiqdir.
"Savdogarlar ishsiz qolishdi, biroq, barcha mahalliy aholi San-Pablito bozori bilan qisman bo‘lsa-da bog‘liq edi", - degan Fuentes matbuot anjumanida.
Bozorda 300ga yaqin kioska va uncha katta bo‘lmagan pavilonlar bo‘lib, Tultepekda ishlab chiqarilgan pirotexnika mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullangan. Portlashdan so‘ng, ularning hech biri saqlanib qolmagan. Fojia oqibatida 32 kishi hayotdan ko‘z yumgan, o‘nlab kishilar jabrlangan. Mexiko shtati ma'muriyati 21 dekabrda, juda kuchli kuygan ikki bolani davolanish uchun AQShga yuborishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
21:16 / 26.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlari bo‘lishni taklif qildi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
16:56 / 22.12.2024