Jahon | 12:53 / 22.12.2016
15759
2 daqiqa o‘qiladi

Saylovda Klintonga Trampga qaraganda 2,9 million ko‘proq kishi ovoz bergandi

Foto: Getty Images

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Hillari Klinton xalq ovoz berishlarida Donald Trampdan 2,9 mln ko‘proq ovoz olgan. Unga 65 mln 844 ming 965 nafar saylovchi ovoz bergan (48,2 foiz), Trampda bu ko‘rsatkich — 62 mln 979 ming 879 saylovchini tashkil etgan (46,1 foiz).

AQShdagi saylovning yakuniy natijalari shuni ko‘rsatdiki, U Hillari Klinton mamlakat tarixida shu vaqtgacha saylovlarda mag‘lub bo‘lgan nomzodlar orasida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlashga erishgan holda yutqazgan nomzod bo‘ldi. 

Berilgan ovozlar hajmiga ko‘ra, Klinton 2012 yilgi saylovda g‘alaba qilgan Barak Obamadan ham yaxshiroq natija ko‘rsatgan: farq 390 ming ovoz.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq saylashga vakil qilinganlar Trampni AQSh prezidenti lavozimiga saylagani haqida xabar berilgandi. U Saylovchilar hay'atining 304 ovoziga ega bo‘lgan. Qonun bo‘yicha 270ta ovozni to‘plagan nomzod davlat rahbarligiga saylanadi. Trampning saylovdagi asosiy raqibi demokrat Hillari Klinton 224 ovoz olgan. 

Mavzuga oid