Shimoliy Koreya davlat xizmatchilarining qochishida Seulni ayblamoqda
Shimoliy Koreya Seul maxsus xizmatlarini xorijda faoliyat yuritayotgan shimoliy koreyalik davlat xizmatchilari va diplomatlarini Kim Chen In rejimidan voz kechishga undayotganlikda ayblamoqda. Bu haqida UPI xabar berdi.
Pxenyan nazorati ostidagi OAV Seulni davlatga qarshi faoliyat yuritishda aybladi, Shimoliy Koreya hukumati esa "Janubiy Koreyaning Pxenyan rejimiga qarshi fitnasi haqida haqiqat" nomi ostidagi ma'ruzasini taqdim etdi.
"Janubiy Koreyaning biz bilan siyosiy va harbiy qarama-qarshilik tufayligina nom qozongan qo‘g‘irchoq rejimi jirkanch psixologik fitna tuzmoqda", - deyiladi KXDR ma'ruzasida.
Pxenyan tinchlik instituti ma'ruzasida esa bu borada shunday deyiladi: "Janubiy koreyalik qo‘g‘irchoqlar o‘zlarining Shimoliy Koreyaga qarshi sxemasida qochishni targ‘ib qilishmoqda".
Chorshanba kuni Shimoliy Koreya hukumati Seul maxsus kuchlarini KXDRning xorijdagi manzillariga oddiy va elektron pochta orqali Janubiy Koreya tomonga o‘tishga chaqirganlikda aybladi.
Hukumat bayonotida shuningdek Seulning KXDR ishchi ayollarini ommaviy o‘g‘irlash holatlariga sabab bo‘lgan aksilgumanitar vaziyatni yaratganligi ta'kidlangan hamda shu o‘rinda aprel oyida 12 ofitsiant qiz va menejyerning Janubiy Koreyaga qochishi eslatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
18:30
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
17:51
Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchiga ham impichment e’lon qilmoqchi
17:43 / 25.12.2024
Janubiy Koreya “o‘ta qari jamiyat” deb tan olindi
17:35 / 25.12.2024