Jamiyat | 22:02 / 25.12.2016
6414
1 daqiqa o‘qiladi
Yelizaveta II betobligi tufayli oilaviy Rojdestvo bayramiga bora olmaydi
Buyuk Brityaniya qirolichasi Yelizaveta II Sandrinhemdagi cherkovda o‘tkaziladigan Rojdestvo bayrami doirasidagi marosimga bormaydi. U hali shamollashdan to‘la sog‘aymagan.
Sandrinhemdagi an'anaviy Rojdestvo bayramiga qirollik oilasining barcha a'zolari jam bo‘ladi.
Qirolicha betobligi tufayli turmush o‘rtog‘i bilan birga Angliya sharqidagi Sandrinhem mulkiga safarni bir necha kunga kechiktirishga majbur bo‘lgan.
Seshanba kuni Bukinhem saroyidagilar qirolicha Yelizaveta II 25ta milliy tashkilotlar, shu jumladan sport assotsiatsiyalariga homiy bo‘lishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilingandi. Keyingi yildan ularga qirollik oilasining boshqa vakili homiylik qiladi.
Mavzuga oid
15:37 / 13.12.2021
Rojdestvo mojarosi. Jonsonning reytingi qulamoqda
19:50 / 26.12.2017
Boksing Dey hangomalari: «Chelsi»ni rosa ezyapmiz shekilli...»
20:51 / 23.12.2017
Erdo‘g‘an nasroniylarni Rojdestvo bilan tabrikladi
19:14 / 15.02.2017