Prezident sovg‘alari bolalarga yetkazildi
Bugungi kunga kelib, Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Bolalar shaharchalari, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlanib, joylarga yetkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 26 dekabr kuni, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3852 dona Prezident sovg‘alari avtotransportda yetkazilmoqdi.
Shuningdek, 6041 dona Prezident sovg‘alari “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-28 dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatlarga yetkaziladi.
Sovg‘alar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.12.2024
Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
15:44 / 15.12.2023
Bog‘cha va maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar e’lon qilindi
16:42 / 04.09.2023
Yangi darsliklar va xorijlik “til egalari” – 700 mingdan ortiq bolalar uchun ilk o‘quv yili boshlandi
13:29 / 12.08.2023