Sport | 23:51 / 26.12.2016
22302
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik futbolchi Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi ro‘yxatida

Ikkinchi bor «Outside of the Boot» nashri tomonidan Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisini aniqlash bo‘yicha e'lon qilgan ovoz berish jarayoni o‘z yakuniga yetdi, deb yozmoqda Tribuna.uz.

Asosan osiyolik va yevropalik bir qator nufuzli jurnalistlar tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra tuzib chiqilgan ro‘yxatga hamyurtimiz Igor Sergeyev ham kiritilgan. Terma jamoamiz hujumchisi kuchli o‘ntalikning sakkizinchi pog‘onasini band etdi.

Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi:

1.  Umar Abdulrahmon (Al Ayn) – BAA

Ro‘yxatning eng yuqori o‘rnini 2016 yildagi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, BAA terma jamoasi a'zosi Umar Abdulrahmon egalladi.

2.  Vu Ley (Shanhay SIPG) – Xitoy

Ikkinchi o‘rin esa Shanhay SIPG tarkibida Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlari davomida 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan xitoylik Vu Leyga nasib qildi.

3.  Ali Mabxut (Al Jazira) – BAA

Kuchli uchlikni BAA terma jamoasida 46 uchrashuvda 36 golga mualliflik qilgan hamda BAA chempionatida 2 bor «Oltin butsi» sohibi Ali Mabxut yakunlab bergan.

4.  Serdar Azmun (Rostov) – Eron

5.  Hammadi Ahmad (Al Javiya) – Iroq

6.  Shinji Okazaki (Lester Siti) – Yaponiya

7.  Son Xin Min (Tottenhem) – Janubiy Koreya

8.  Igor Sergeyev (Paxtakor - Beyjin Goan) – O‘zbekiston

9.  Alirizo Jahonbaxsh (AZ Alkmar) – Eron

10.  Ali Adnan (Udineze) – Iroq

Mavzuga oid