O‘zbekiston | 13:30 / 27.12.2016
27949
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning bosh archasi chiroqlari yoqildi

Foto: O‘zA

O‘zbekistondagi madaniyat va istirohat bog‘lari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi. Mustaqillik maydoni, ko‘chalar, ko‘plab bog‘lar o‘yinchoqli zumrad archalar bilan bezatildi, deb xabar beradi O‘zA.

Shayxontohur tumanidagi "Lokomotiv-Anhor" bog‘i yonidagi maydonda katta bayram tomoshalari tashkil etildi. Maydon markazidagi balandligi 26 metr, aylanasi 7 metrdan ortiq go‘zal archaga minglab shar va o‘yinchoqlar, kamalakrang chiroqlar zeb berib turibdi. Yon-atrofdagi projyektorlar uning kechki paytdagi mahobatini tasvirlaydi. 

Maydondagi qo‘shimcha archalar, savdo shoxobchalari, o‘yin maydonchalari bayram shukuhining yanada ortishiga xizmat qilmoqda. Bu yerga o‘rnatilgan ulkan ekranlarda ijtimoiy videolavhalar, multfilmlar namoyish etilmoqda. 

Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan-musiqiy tadbirlar Xadra maydoni, Yunusobod tumani Sayilgoh maydoni, Chilonzor tumani "Algoritm" dahasidagi “Roison Electronics” korxonasi oldi maydoni, Yashnobod tumani “Aviasozlar” shaharchasi maydoni, Mirzo Ulug‘bek tumani “Lokomotiv” bog‘i, Sergeli tumani "Baxt diyori" guzari oldidagi maydon hamda Bektemir tumani “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilmoqda. 

Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz
Foto: Gazeta.uz
Foto: O‘zA

Mavzuga oid