Jamiyat | 22:47 / 30.12.2016
8141
2 daqiqa o‘qiladi

Kinder Surprise shirinligi yaratuvchisi vafot etdi

Foto:Getty images

Italiyada tuxum ko‘rinishidagi Kinder Surprise shirinligini o‘ylab topgan Uilyam Salis 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Italiyaning Corriere Della Serra gazetasi ma'lum qildi. U 29 dekabrda Italiya shimolidagi Paviya shahridagi shifoxonada vafot etdi. U bu yerga insultga uchragandan keyin yotqazilgandi.

Salis Ferrero qandolatchilik konserni jamoasiga 1960 yilda qo‘shilgan va uning egasi Mikele Ferreroning o‘ng qo‘liga aylangan. 1970-yillarda kompaniya xaridorlarning pasxa tuxumlarini faqatgina bayramlarda sotib olish odatlariga chek qo‘yish usulini qidira boshlagan. Ana shunda tuxum ichiga sovg‘a joylashtirish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Aynan shu tariqa hozirda bolalarning sevimli shirinligi Kinder Surprise vujudga kelgan.

Muvaffaqiyat o‘zini uzoq kuttirib o‘tirmadi. Ferrero konserni bunday tuxumlardan har yili 100 mln donalab sotadi.

Kinder Surprise tuxum ko‘rinishidagi shokolad bo‘lib, uning ichida bo‘laklangan o‘yinchoq solingan bo‘ladi. Salis 2007 yilda pensiyaga chiqqach kompaniyani tark etgan. Kompaniya egasi Ferrero esa 2015 yil 89 yoshida vafot etgan.

 

Mavzuga oid