O‘zbekiston | 12:24 / 05.01.2017
32639
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda 126 ming firma nomlari zaxiraga olingan

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha,  “Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 406 mingdan ortiq firma nomi zaxiraga olingan. Ular “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma'lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli zaxira ro‘yxatiga kiritilgan. 

2016 yilda esa zaxiraga olingan firma nomlari 127 mingdan ortiqni tashkil etgan. 

Internet tarmog‘i orqali firma nomlarini zaxiralash tizimi 2011 yil 1 fevralidan joriy qilingan. Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz saytiga kirib, firma nomini ko‘rib chiqish uchun elektron ko‘rinishda ariza qoldirishlari mumkin. 

Elektron arizalar asosida taqdim etilgan firma nomlari xususidagi ma'lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi bazasidan bevosita davlatning boshqa ro‘yxatga oluvchi organlariga internet orqali uzatiladi. 

Mavzuga oid