Jahon | 20:38 / 05.01.2017
9588
1 daqiqa o‘qiladi

Izmirdagi terakt uchun javobgarlik KIP zimmasiga yuklandi

Turkiyaning Izmir viloyati gubernatori Erol Oyildiz viloyat markazida ro‘y bergan portlash va kelib chiqqan otishma Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan sodir etilgani haqida aytdi.

Uning ma'lum qilishicha, birinchi belgilar bu hujum ortida KIP jangarilari turganini ko‘rsatmoqda. Bu hujum ijrochilari Kalashnikov avtomatlari va granatalar bilan qurollangandi.

Izmir gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar va hujum qiluvchilar o‘rtasidagi otishma sud binosi oldida bo‘lib o‘tgan.

"Politsiyachilar Bayroqli tumanida joylashgan sud binosiga kirib kelayotgan avtomobilni to‘xtatishga uringanida to‘qnashuv kelib chiqqan. Jangarilar ikkita avtomobilni portlatishgan va voqea joyidan qochib ketishga urinishgan", degan gubernator.

Bundan tashqari, u bu hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 5 kishi jarohatlangani haqida ma'lumot bergan.

Mavzuga oid