Jamiyat | 15:30 / 05.01.2017
17454
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq qo‘riqchi qirolicha Yelizaveta II'ni otib qo‘yishiga bir baxya qolgani haqida hikoya qildi

Foto: independent

Yelizaveta II tunda Bukingem saroyi bo‘ylab sayr qilayotgan vaqtda shaxsiy qo‘riqchilaridan biri unga qarata o‘q uzishiga bir baxya qoldi. Independent nashri shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, bu haqida sobiq qo‘riqchining o‘zi so‘zlab bergan. Bir kuni tunda u saroyning ichki hududini qo‘riqlayotgan bo‘lgan, shunda qorong‘ulikda kimningdir sharpasi ko‘ringan. U "Kim bu?" deb qichqirgan. Yaxshilib razm solib qarasa, bu qirolicha Yelizaveta II bo‘lib chiqqan.

"Hazrati oliyalari, sizni otib qo‘yishimga bir baxya  qoldi", - degan qo‘riqchi. "Hammasi joyida. Keyingi safar sizga oldindan qo‘ng‘iroq qilib qo‘yaman, shunda menga o‘q uzishga hojat qolmaydi", - deya javob bergan qirolicha. 

Bu voqea aynan qachon bo‘lganligi ma'lum qilinmagan. Manba ma'lumotiga ko‘ra, o‘sha payt qirolichaning egnida palto bo‘lgan.

Mavzuga oid