Fan-texnika | 18:54 / 09.01.2017
6832
2 daqiqa o‘qiladi

Eng kichik Mercedes-Benz krossoveri yangilandi

Foto: Motor.ru

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi GLA krossoverining yangilangan namunasini taqdim etdi. Model Detroyt avtoko‘rgazmasida namoyish etildi. 

Uning old chiroqlari o‘zgargan, bamperlari va radiator qafaslari shakli o‘zgacha tus olgan. Krossover uchta: standart, past va 30 mmga kengaytirilgan klirensga ega podveska bilan taqdim etiladi. 

Foto: Motor.ru

Mercedes-Benz GLA qo‘shimcha jihozlari ro‘yxatida diodli bosh chiroqlar ham paydo bo‘lgan. 

Shu bilan birga, 184 ot kuchiga ega yangi motor ham krossover dvigatellari qatoridan joy olgan. U GLA 220 namunasiga o‘rnatiladi va barcha g‘ildiraklari yetakchi tizimini talab qiladi. 

Foto: Motor.ru

Bundan tashqari, 150, 211 va 381 ot kuchlariga ega benzinli 4 silindr motorlarga ega to‘plamlari ham mijozlar  ham joylanadi. 

Foto: Motor.ru

Mercedes-Benz GLA krossoverining eng arzoni 28 ming 940,8 yevroga baholangan. 

Mavzuga oid