430 kilogrammli pokistonlik zamonaviy Herkules bo‘lishga qaror qildi
430 kilogramm vaznga ega pokistonlik Arbob Xizr Hayot o‘zini dunyoning eng kuchli kishisi deb e'lon qildi hamda tarixga zamonaviy Herkules bo‘lib kirish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
25 yoshli erkakning so‘zlariga ko‘ra, u professional restler va pauerlifting bo‘yicha chempion bo‘lishga harakat qilmoqda.
“Bu albatta amalga oshadi”, - ta'kidlab o‘tdi u.
Zamonaviy Xalqning so‘zlariga ko‘ra, u yanada ko‘proq vaznga ega bo‘lishni xohlamoqda. Buning uchun erkak har kuni nonushtaga 36ta tuxum, uch kilogrammdan ortiq go‘sht va taxminan besh litr sut iste'mol qiladi.
Hayotning bo‘yi 190 santimetrga teng. Uning o‘zi aniqlik kiritishicha, u shu paytgacha sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday muammolarga duch kelmagan.
Ma'lumot uchun, dunyoda hozir hayot bo‘lgan eng og‘ir vaznli erkak - Saudiya Arabistoni fuqarosi Xolid Bin Muhsin Shaariy hisoblanadi. Uning vazni 610 kilogrammga teng.
Mavzuga oid
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024