Jahon | 09:40 / 13.01.2017
9102
2 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z vitse-prezidentiga AQShning eng oliy mukofotini topshirdi

foto: AP

AQSh prezidenti Barak Obama vitse-prezident Jo Baydenga Prezident ozodlik medalini topshirdi. U AQShning eng yuqori ikkita fuqarolik mukofotlaridan biri sanaladi.

Tantanali marosim Baydenni Oq uydan kuzatish paytida o‘tkazildi.

Obama Baydenga hazil tariqasida murojaat qilib, nutq so‘zladi. “Bu internet uchun bizning mustahkam do‘stligimiz haqida gapirishga so‘nggi imkoniyatdir”, - ma'lum qildi Obama.

Shuningdek, u Baydenga Vashingtonga tashrif buyurgan “Rim papasi Frantsisk bilan gaplashib olish” uchun ruxsat berganiga ham minnatdorchilik bildirdi. Obama Baydenni pop-qo‘shiqchi Ledi Gaga bilan do‘stlashib olgani uchun ham maqtab o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden prezident samolyotida Oq uy ishchilarini qo‘rqitish uchun turli shumliklarni o‘ylab topgan ekan. 

“Bu siz qachonlardir ko‘rgan eng yaxshi vitse-prezident”, - ma'lum qildi Obama. Bayden esa bu vaqt ko‘z yoshlarini artish bilan ovora edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bayden – “uddaburon, ishonchli, kamtarin ishchi, vatanparvar, biroq birinchi o‘rinda ajoyib oila boshlig‘i”.

Bayden esa o‘z nutqida ancha kutilmagan hazillarga o‘chligini yana bir bor isbotladi. U rafiqasi Jill haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Hamma men uni ko‘proq sevishimni biladi, bunga jiddiy sabablar bor”. 

Bayden vitse-prezident konstitutsiyaga ko‘ra o‘z hokimiyatiga ega emasligini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikricha, shunday bo‘lishi ham kerak. Bayden Obamaga turli mas'uliyatli ishlarni topshirgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga oid