Jamiyat | 09:37 / 13.01.2017
8205
1 daqiqa o‘qiladi

Obamaning iti Oq uyga mehmon bo‘lib kelgan qizni tishlab oldi

Foto: Pete Souza / Zuma / Globallookpress.com

AQSh prezidenti Barak Obamaning oilasiga tegishli bo‘lgan it davlat rahbari qarorgohiga mehmon bo‘lib kelgan qizni tishlab oldi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa dushanba, 9 yanvar kuni sodir bo‘lgan. 18 yoshli qiz Oq uyga kelgan. U Sanni laqabli itga yaqinlashib, uni erkalamoqchi bo‘lganida, jonivor uning yuzidan tishlab olgan. Taqdim etilgan fotosuratda qizning o‘ng ko‘zi tagidan qon oqayotganini ko‘rish mumkin.

Prezidentlik oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi shifokor jarohat olgan qizni ko‘rikdan o‘tkazib, yarani tikib qo‘ydi.

Ta'kidlanishicha, portugaliya suv itlari uchun bunday xatti-harakat ancha noodatiydir.

Ma'lumot uchun, Obama oilasida shu turdagi yana bir it ham bor.

Mavzuga oid