Jamiyat | 21:03 / 14.01.2017
15171
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik mashhur aktyorning menejyerlari uni "chuv tushirishdi"

Foto: Getty Images

Amerikalik aktyor Jonni Depp 17 yillik hamkorlik davomida u ishlab topgan 28 mln dollarni o‘zlashtirib olgan menejyerlari ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri yozmoqda.

Depp advokati ma'lumotlariga ko‘ra, Depp bilan 1999 yildan 2016 yilgacha birga ishlagan va unga moliyaviy va soliq masalalarini hal qilishda yordam bergan boshqaruvchilari aktyorga tegishli 28 mln dollarni o‘zlashtirib olganlar. 

"Janob Depp dunyodagi eng talabgir va yuqori haq oluvchi aktyorlardan hisoblanadi. Biroq u shu bilan birga o‘z menejyerlari tomonidan o‘zini tutish qoidalarining qo‘pol buzilishi qurboni hisoblanadi. Ular aktyor bilan og‘zaki kelishuv asosida go‘yoki o‘nlab million gonorarlar olganlar, aslida esa bu gonorarlar aktyorning hisobidan olingan", deb aytmoqdalar aktyor advokatlari. 

Deppning aytishicha, menejyerlar pulni o‘zlashtirishdan tashqari, soliq va jarimalarni to‘lashda noto‘g‘ri siyosat yuritganlar va buning oqibatida yana 5,6 mln dollar to‘langan. Bundan tashqari, Deppning menejyerlari uning ruxsatisiz uchinchi shaxslar hisob raqamlariga pullar o‘tkazganlar.

Ta'kidlanishicha, aktyor 2016 yilda o‘zining menejyerlarini almashtirgan hamda ularning o‘z mavqelarini qanchalik suite'mol qilganliklarini aniqlash uchun advokatlar yollagan.

Mavzuga oid