Iordaniyaning yangi hukumati qasamyod qabul qildi
Iordaniya qiroli Abdulloh II mamlakatning avvalgi bosh vaziri Xani al-Mulkiy boshchiligidagi yangi hukumatdan qasamyod qabul qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar al-Mulkiyning 2016 yil 1 iyunda bosh vazir lavozimiga o‘tirishidan keyingi hukumatdagi ikkinchi xodimlar almashinuvidir. Yangi o‘zgarishlar bosh vazir keng iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish va xavfsizlik sohasida xavflarni bartaraf etish bo‘yicha choralar qabul qilishiga imkoniyat berish uchun qilindi.
Iordaniya hukumati 14 yanvarda iste'foga chiqqandi. Ma'lum qilinishicha, hukumat a'zolari bosh vazir iltimosiga ko‘ra iste'foga ketganlar.
Mavzuga oid
15:51 / 25.11.2024
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi
18:05 / 20.09.2024
Iordaniya moxovni yenggan birinchi davlat deb tan olindi
00:03 / 18.09.2024
NATO bir necha oydan keyin Yaqin Sharqda byurosini ochadi
20:28 / 08.09.2024