Sport | 16:08 / 15.01.2017
8410
1 daqiqa o‘qiladi

Kosta «Chelsi»da qolishi shartini ma'lum qilgan

«Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta 17 yanvar kuni bosh murabbiy Antonio Konte bilan o‘zaro mojaroni bartaraf etish uchun uchrashadi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida futbolchining vakili Kosta «Chelsi»dan haftasiga 300 ming funt maosh to‘lashni nazarda tutadigan yangi shartnoma so‘raydi.

Bundan avvalgi xabarlarda, Kosta jarohati tufayli «Lester»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgani haqida aytilgandi.

Futbolchi o‘yingacha 3 kun davomida jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Bu unga Xitoydagi jamoalardan biri juda katta miqdordagi maosh taklif etayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

«Chelsi» Kosta o‘rniga nomzodlar topib qo‘ydi

Mavzuga oid