Fan-texnika | 18:47 / 19.01.2017
8289
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning sportkarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bankrot bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning sportkarlar ishlab chiqaruvchi Zenos kompaniyasi bankrotga uchradi va tashqi boshqaruv ixtiyoriga o‘tdi. Firmaga Caterham kompaniyasining sobiq xodimlari Ansar Ali va Mark Edvards tomonidan asos solingan edi, deb yozadi Autocar nashri.

Zenos firmasi mablag‘lar yetishmasligi va savdo ko‘rsatkichlarining tushib ketgani sababli bankrot bo‘lishga majbur bo‘ldi. Savdolarning tushishiga, o‘tgan yil oxirida Zenos buyurtmalarining bir nechtasi bekor qilingani sababdir. 

«Afsuski, kompaniya rahbariyati iste'foga chiqishi kerak. Ammo, fikrimizcha, ajoyib va birmuncha arzon sportkarlar ishlab chiqa oldik. Bundan tashqari, biz yangi mahsulotlarimizni ishlab chiqishda jiddiy o‘sishga erishdik», — degan Zenos rahbari Mark Edvards.

Zenos kompaniyasiga 2013 yilda asos solingan edi. Firma VUHL 05, KTM X-Bow va Caterham Seven kabi sportkarlar bilan xaridorlar uchun raqobatlashadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgandi.

Uning birinchi modeli E10 spidsteri bo‘ldi. Sportkarga Ford kompaniyasining 200 ot kuchiga ega, 2.0 hajmli turbomotori o‘rnatilgandi. Zenos E10 soatiga 100 km tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 217 kmni tashkil etadi. 

Mavzuga oid