O‘zbekiston va Ozarbayjon charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Ozarbayjon madaniyat va turizm vaziri Abulfas Garayev O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari Anvar Sharapov bilan Madriddagi Fitur-2017 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar charter reyslar ochilishi, qo‘shma turpaketlar yaratish va o‘zaro sayyohlik oqimini rag‘batlantirish borasidagi boshqa muhim masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va "Ipak yo‘li" brendini ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.
Ko‘rgazmaning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Anvar Sharapov shuningdek Ispaniyaning energetika va turizm vazirligining turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i va World Tourism City Federation federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024