Jahon | 11:31 / 21.01.2017
16395
2 daqiqa o‘qiladi

Melaniya Tramp Jaklin Kennedining libosidan nusxa ko‘chirdi

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning rafiqasi, Amerikaning yangi birinchi xonimi Melaniya Oq uy tarixidagi eng jozibali birinchi xonim bo‘lishni orzu qilmoqda. 

Aytish joizki, hozircha, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining rafiqasi Jaklin Kennedining libos tanlovi borasida didini boshqa birinchi xonimlar takrorlay olgani yo‘q. Biroq, ko‘rinishidan, Melaniya Tramp Jyeki Kennedi erishgan natijani takrorlash uchun bor kuchini sarflaydi. Balki, shuning uchundir Donald, rafiqasi uslubi bilan Jaklinga o‘xshashligi borasida ko‘p bora takrorlagan. 

Umuman, Jyeki Kennedi – Melaniya uchun namunadagi ayoldir. Trampning 20 yanvardagi inauguratsiya marosimida ham bunga guvoh bo‘lish mumkin edi. Melaniya turmush o‘rtog‘ining qasamyod qilish marosimiga 1961 yilda Jaklin kiygan libosga juda o‘xshash kiyimda keldi. Amerika matbuoti bu o‘xshashlikni tezda payqadi. 

Melaniya inauguratsiya uchun yorqin-moviy tusdagi, uncha katta bo‘lmagan yoqali, yenglari kalta paltoni tanlagan. U shunga mos ravishda uzun qo‘lqop va poyabzal kiygan. Jyeki 56 yil muqaddam, erining qasamyod marosimiga deyarli ayni tusdagi paltoda, Melaniyanikiga aynan mos keladigan moviy qo‘lqop va shlyapada kelgan edi. 

Shu bilan birga, uzoq vaqt mobaynida dizaynerlardan kim Melaniya uchun libos tikishi noma'lum bo‘lib keldi. Bu masalaga ham kuni kecha oydinlik kiritildi. Birinchi xonim, amerikalik mashhur modeler Ralf Lorenni tanlagan aniq bo‘ldi. 

Stilistlarning qayd etishlaricha, Melaniya Tramp, Mishel Obamadan farqli ravishda, moda tajribalarini xush ko‘rmaydi va klassikani yoqtiradi. Amerika klassik modasining tan olingan dizayneri Lorenni tanlash esa, bu istakka mos keladi. 

Mavzuga oid