O‘zbekiston | 13:34 / 23.01.2017
12892
2 daqiqa o‘qiladi

"Ohangaronsement"da yangi yuqori aniqlikdagi qurilma ishga tushirildi

"YeVROTseMeNT grup" xoldingi investitsion dasturi doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy gorizontal-yo‘nish frezalash stanogi xarid qilindi, deb ma'lum qildi "Ohangaronsement" matbuot xizmati. 

Yangi stanok yuqori aniqlik, konstruksiyasining mustahkamligi, unumdorligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi.

Stanok zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash dasturiga muvofiq 730 mln so‘mga xarid qilingan. 

Zavodning stanoklar parkini modernizatsiya qilish samaradorlik, ishlab chiqarish unumini oshirish, texnika detallarini tayyorlash muddatlarini qisqartirish, ularning sifatini oshirishga qaratilgan.

TPX 6111 turidagi gorizontal-yo‘nish stanogi universal qurilma bo‘lib, parmalash, zenkerlash, yo‘nish, teshiklar ochish, toretslar kesish, rezba ochish, frezalash va boshqalar uchun mo‘ljallangan. 

Oxirgi avloddagi yuqori texnologik stanokning xarid qilinishi korxonaga katta ustunlik beradi. Bugunda yangi stanok to‘liq yuklama bilan ishlamoqda. Bu qurilmani 6 razryaddagi chilangar Stanislav Kan boshqaradi.

Mavzuga oid