Jamiyat | 21:22 / 24.01.2017
23150
2 daqiqa o‘qiladi

Elektronika do‘konida amalga oshirilgan prank odamlarni «dod» soldirdi (video)

Paramount Pictures kinokompaniyasi o‘zining YouTube sahifasida yaqinda suratga olgan filmiga doir lavhani joylashtirdi. Unda Nyu Yorkdagi elektronika do‘konlaridan biriga tashrif buyurganlar bilan amalga oshirilgan qo‘rqinchli hazil aks etgan. Prank yangi qo‘rqinchli film «Qo‘ng‘iroqlar» kartinasi taqdimotiga bag‘ishlangan, deb xabar qiladi UPROXX.

Rolikda elektronika do‘koniga tashrif buyurganlar maslahatchi bilan televizor panellari yonida muloqot qilishadi. Bu vaqtga kelib, televizor ekranlarining biridan «Qo‘ng‘iroq» filmidagi Samara Morganga o‘xshash qahramon chiqib keladi. U sezdirmasdan odamlarga yaqinlashadi va ularni tutib oladi. 

Rejissyor Xaver Guteres tomonidan suratga olingan «Qo‘ng‘iroqlar» qo‘rqinchli filmining jahon taqdimoti 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Kartina Gora Verbinskining 2002 yilda suratga olgan «Qo‘ng‘iroq» filmining davomi hisoblanadi. 

Mavzuga oid