Toshkentda qalbaki pul yasovchilar qo‘lga olindi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining maxsus operatsiyasi natijasida Qirg‘izistondan olib kirilgan valyutani tarqatish bilan shug‘ullangan qalbaki pul yasovchilar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda MXX matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
"Tezkor xodimlar bir guruh shaxslar Toshkentda qalbaki valyuta partiyasini sotmoqchiligi haqida ma'lumot olishgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 100 dollarlik 77 ta qalbaki banknota "Qo‘yliq" buyum bozori hududida sotilmoqchi bo‘lganda Namangan viloyatida yashovchi Maxkamjon Saypiddinov ushlangan", deyilgan xabarda.
Saypiddinov so‘roq qilinganda, u bu qalbaki pullarni jinoiy guruhning boshqa bir a'zosi – Namangan viloyatida yashovchi Sardor Ergashevdan olgani aniqlangan. Ergashev keyinroq turar joy manzili bo‘yicha qo‘lga olingan.
O‘zbekistonga qalbaki valyuta partiyasi boshqa davlatlar hududida ham faoliyat ko‘rsatuvchi qalbaki pul yasovchilar guruhi a'zolari tomonidan yetkazib berilgan. Tergov idoralari bu voqea yuzasidan tergovni davom ettirmoqdalar.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024