Jamiyat | 13:34 / 28.01.2017
16977
2 daqiqa o‘qiladi

Hondurasda xo‘rozni qamab qo‘yishdi

Foto: tiempo.hn

Hondurasda xo‘rozni qamab qo‘yishdi. Jonivor Truxilo shahrida istiqomat qiluvchi ikki qo‘shni o‘rtasidagi janjalga sabab bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Mojaro erkak o‘z hovlisida qo‘shnisining xo‘rozini ko‘rib qolgani tufayli boshlangan. Unga jonivor daraxtlarga chiqishga urinib, katta shovqin ko‘targani yoqmadi. Bu esa xo‘roz egasining g‘azabiga sabab bo‘ldi va erkaklar janjallashib ketgan. Ulardan biri boshqasini o‘ldirish bilan tahdid qilganda esa qo‘shnilar politsiyani chaqirishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bahslashganlarga e'tibor ham bermay, xo‘rozni tutib, qamoqxonaga olib ketishdi. Ular erkaklar yarashib olishgach, jonivorni qaytarib berishga va'da qilishdi.

Xo‘rozning panjara ortidagi suratlari Hondurasdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tasvirlardan birida politsiyachilar uning panjasiga maxsus yorliq osayotganliklarini ko‘rish mumkin. Boshqa bir kadrda esa uning qamoqxona kamerasida turgani tasvirlangan.

Avvalroq Shotlandiyaning Dandi shahrida politsiya yo‘l harakati qoidasini buzgan va yo‘lni ruxsat etilmagan joydan kesib o‘tayotgan tovuqni qo‘lga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid